Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Bashar Asadning Suriya prezidenti lavozimidan ketishi zarurligi ta'kidlab o‘tildi
AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Elizabet Tryudo AQShning Suriyadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha yondashuvi o‘zgarmagani va avvalgidek Suriya prezidenti Bashar Asadning iste'foga ketishini talab qilmoqda, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
“Biz Asadga Suriyaning kelajagida o‘rin yo‘q deb hisoblaymiz, bu borada hech narsa o‘zgargani yo‘q. Bizning davlat kotibimiz avval gapirganida biz o‘tish jarayoni qanday rivojlanishi va Asadning prezident bo‘lishini yaqin muddatdagi istiqbolda uning hokimiyat tepasida qolishi mumkinmasligi haqidagi muxolifat va bizning fikrimiz bilan qay darajada murosaga keltirish mumkinligini bilmasligimizni nazarda tutgan”, deb aytdi Tryudo.
Tryudo agar muxolifat Asadning ketishiga ishonchi komil bo‘lmasa, unda AQSh muxolifatdan siyosiy jarayon va IShIDga qarshi kurashga sodiqligini kuta olmasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Avvalroq AQShning Suriyadagi sobiq elchisi Robert Ford Asadning ketishi muxolifatga ta'sir qilmasligini aytgan edi.