09:47 / 05.12.2015
2522

Atlas V raketasining XKSga uchirilishi yana kuchli shamol tufayli keyinga qoldirildi

Cygnus yuk kemasiga ega Atlas V raketa-tashuvchisining Xalqaro koinot stansiyasiga uchirilishi yana yomon ob-havo sharoitlari tufayli keyinga qoldirildi.
NASA koinot agentligi tvitterda juda kuchli shamollar xavfsiz parvozni amalga oshirishga imkon bermayotganini ma'lum qildi.

Raketaning Kanaveral burnidan uchirilishi 5 dekabrga qoldirildi.
Avvalroq ham raketa yomon ob-havo sharoitlari tufayli uchirilmagandi.

Top