Jahon | 19:18 / 05.12.2015
3379
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi: Suriyada IShIDga qarshi operatsiyamiz uzoq davom etadi

Xalqaro hamjamiyat IShID qiyofasidagi “yangi turdagi dushman”ga yo‘liqdi va shuning uchun Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-havo kuchlarining Suriyadagi operatsiyasi “tez va oson bo‘lmaydi”. Bu haqda 5 dekabrda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon Britaniya harbiy aviatsiyasi terrorchilarning pozitsiyalariga zarba berish uchun havoga ko‘tarilayotgan Kiprdagi “Akrotiri” harbiy bazasiga tashrifi paytida aytib o‘tdi.

“Biz talab qo‘ymaydigan, asirlar olmaydigan va muzokaralarga intilmaydigan yangi turdagi dushmanga yo‘liqdik. Bu dushman Birlashgan Qirollikka bevosita xavf soladi va uning ildizi Suriyada”, deb aytdi Fellon.

2 dekabrda Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari mamlakat parlamenti tomonidan Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazishga ruxsat berilgandan keyin Kiprdagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilib, Suriya sharqidagi al-Umar neft konidagi IShIDning 6 ta pozitsiyasiga zarba bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish