Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti Suriyadan Turkiyaga oz miqdorda neft yetkazib berilganini tan oldi
AQSh Davlat departamentidagi yuqori lavozimli amaldor so‘zlariga ko‘ra, IShIDning Turkiyaga yirik miqdorda neft yetkazib bergani to‘g‘risida hamon dalillar yo‘q, deya xabar bermoqda Fox News.
Amaldorning ma'lum qilishicha, Suriyaning IShID nazorati ostidagi hududlardan bir oz miqdorda neft kontrabandasi bo‘lgani inkor etilmaydi. Uning aytishicha, uzun yo‘l va ko‘p sonli patrul postlari sababli kontrabanda moliyaviy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Shuningdek, tashqi siyosat mahkamasi vakili AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya va turk samolyotlari terroristlar faoliyatini qiyinlashtirgan bo‘lishi mumkinligidan umid bildirib o‘tdi. Uning ta'kidlashicha, IShID neftining asosiy xaridori Bashar Asad tuzumi hisoblanadi.
Bundan avvalroq esa AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner terroristlar neftining Turkiya chegaralari orqali tarqalayotgani, aynan shuning uchun ham AQSh Anqaradan buni to‘xtatishni so‘rayotganini ma'lum qilgan edi.