O‘zbekiston | 20:27 / 05.12.2015
5728
1 daqiqa o‘qiladi

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini yanada kengaytirishni taklif qildi

Hukumatning mustaqilligini va ayni paytda javobgarligini yanada oshirishga qaratilgan, Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarni amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunda uning vakolatlari aniqroq belgilab berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Parlamentida “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilindi.

Senatorlarning fikricha, ushbu islohotlar ijro etuvchi hokimiyat tizimini, davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yanada demokratlashtirishga, ularning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish