Fan-texnika | 22:42 / 05.12.2015
7924
1 daqiqa o‘qiladi
Dizayner ming soat vaqt sarflab, Airbus A380 modelini qog‘ozdan yasab chiqdi
Singapore Airlines aviatashuvchisi dizayner Luka Yakoni-Styuartning Airbus qog‘ozdan yasagan A380 modeli reklamasini namoyish etdi.
Samolyotni yasash uchun ming soat va uch mingla detal ketdi. U maxsus manila qog‘ozidan yasaldi. Rolikda ko‘rsatilgan samolyot o‘rindiqlarining masshtabi 1:20 ni tashkil etdi.
Reklama Yaponiyaning Dentsu agentligi Singapur bo‘limi tomonidan taqdim etildi.
Avvalroq Yakoni-Styuart qog‘ozlardan 1:60 masshtabli Boeing 777-30ER modelini yasagan edi. Buning uchun taxminan 10 000 soat vaqt ketgan. Bu ishlarga vaqt topish uchun universitetdagi o‘qishini tashlashga jazm qilgan.