Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dzyuba: Biz ruslarmiz, biz hech narsadan qo‘rqmaymiz! Butun Yevropa va dunyo bizdan qo‘rqishi kerak
"Zenit" jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba YeChL doirasida Belgiyaning "Gent" jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin arafasida jurnalistlar bilan gaplashdi.
"Belgiyaga "Gent"ga qarshi o‘ynash uchun borish qo‘rqinchli emasmi, deysizmi? Axir biz ruslarmiz va biz hech narsadan qo‘rqmaymiz. Aksincha, butun dunyo va Yevropadagilar bizdan qo‘rqsin", degan u savollardan biriga javob bera turib.
"Bilaman, muxlislarimizga "Gent"ga qarshi o‘yinda stadionga kirishga ruxsat berildi. Biz ular uchun oltinchi g‘alabani taqdim qilamiz va "Spartak"ning rekordini yangilaymiz", deydi u "Sovetskiy sport v Sankt-Peterburg" nashriga bergan intervyusida.