Jamiyat | 23:29 / 05.12.2015
5287
2 daqiqa o‘qiladi

Farovon oilada tarbiyalanayotgan bolaning miyasi yaxshi rivojlanishi o‘z tasdig‘ini topdi

AQSh tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida shunday xulosaga kelindiki, kam ta'minlangan oilada yashayotgan bola va o‘smirlar miyasining ayrim qismlari yaxshi rivojlanmas ekan.

AQShning to‘qqiz universiteti olimlari bola miyasining rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘rni beqiyos ekanligini ma'lum qilishdi. Olib borilgan tadqiqotda 1100 nafar 3 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom bola va o‘spirip ishtirok etdi. Ular oilasining moddiy ta'minoti o‘rganildi va ulardan bilim testlari olindi.

Ma'lum bo‘lishicha, moddiy ta'minoti yaxshilangan oilalardagi bolalarning o‘qish va gapirishda as qotadigan miya po‘stlog‘i qismi yaxshi rivojlanadi. Misol uchun yiligi 150 000 dollar topadigan oilada o‘sayotgan bolaning miyasi yiliga 25 000 dollar topadigan oilada o‘sayotgan bolaning miyasiga qaraganda 6 foizga yaxshi ishlar ekan. Neyrobiologlar nazarida bu o‘ta jiddiy sabab. Bundan tashqari, kambag‘al oilada o‘sayotan bolalar bilim testlarini yechishga ancha qiynalishgan.

Tadqiqotchilar, shuningdek, miya rivojlanishi va ota-onaning ziyoli bo‘lishliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham aniqlashdi. Ziyoli xonadonda o‘sayotgan bola miyasining gippokamp qismida rivojlanishlar kuzatilgan. Gippokamp — miyaning xotir va diqqatni jamlashga yordam beruvchi qismi hisoblanadi. Tadqiqotchilar davlat amaldorlari kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berishlari, bu esa bolalar miyasi rivojlanishida katta rol o‘ynashi haqida ta'kidlab o‘tishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish