Jahon | 12:06 / 05.12.2015
1804
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘indan 16 kishi jarohatlandi

Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn federal yeridagi Pyonitts aholi punktida joylashgan qariyalar uyida yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida eng kamida 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda Kildagi vaziyatlar markazi matbuot kotibi xabar qildi.

DPA agentligi: “Shifokorlar qariyalar uyida yashovchi 13 nafar keksaga tibbiy yordam ko‘rsatdi, ularning eng kamida bir nafari jiddiy jarohat olgan”, - deya matbuot kotibi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Yong‘inni bartaraf etish amaliyoti jarayonida 3 politsiyachi ham is gazidan zaharlangan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmadi. Ofat ro‘y bergan vaqtda qariyalar uyida 100 kishi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish