19:30 / 05.12.2015
4708

Inson miyasi hech qachon birinchi o‘rgangan tilini esdan chiqarmasligi aniqlandi

Siz boshqa davlatga ko‘chib o‘tib, yoshligingizda gapirgan tilni umuman unutib qo‘yganingizdek tuyulishi mumkin. Biroq sizning miyangiz uni unutmaydi. Bundan tashqari, “unutilgan” til sizning yangi tilning o‘rganishingizga ta'sir qiladi.

Inson tomonidan o‘zlashtirilgan birinchi til (agar u bu tilda uzoq vaqt gaplashmagan bo‘lsa ham) miya tomonidan tovushlarning qayta ishlanishi jarayoniga ta'sir qiladi. Buni Monreal nevrologik instituti va Makgill universiteti olimlari aniqlashdi va izohlab berishdi. Ushbu ixtiro neyropsixolog va nevrologlarga juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u miyaning tilni o‘zlashtirishini ko‘rsatadi hamda insonning yangi til muhitiga moslashishiga ko‘mak beradi.

Tadqiqotda 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishdi, ular uch guruhga bo‘lindilar. 1-guruhga Fransiyada fransuz tilida gaplashuvchi oilalarda tug‘ilib, voyaga yetgan bolalar kiritildi. 2-guruhga Xitoyda tug‘ilib, biroq ota-onasi bilan Fransiyaga 3 yoshligigacha ko‘chib o‘tgan va tadqiqotda ishtirok etish paytida faqatgina fransuz tilida gaplashadigan bolalar kiritildi. 3-guruhga fransuz va xitoy tilidan foydalaniladigan oilalarda voyaga yetgan va buning evaziga ikki tilni ham o‘zlashtirib olgan bolalar kiritildi.

Tadqiqot davomida barcha bolalarga taqdim qilinayotgan so‘zlar orasida soxta fransuz so‘zlarni ajratish taklif qilindi. Sinaluvchilar miyasining reaksiyasi MRT orqali kuzatildi. Faqatgina fransuz tilida gaplashuvchi bolalarda so‘zlarga javob berishda miyaning ma'lum qismlari faollashgan. Qolgan ikki guruhdagi bolalarning miyalari bir xil ishlagan, ya'ni 1-guruhdagi bolalardagi kabi miya qismlari va qo‘shimcha yana boshqa miya qismlari faollashgan. Ya'ni rasman xitoy tilini unutgan bolalarning reaksiyasi unda yaxshi gaplasha olgan bolalarniki kabi bo‘lgan.

Shu tariqa olimlar ona tilisi tashkil topgan tovushlar haqidagi ma'lumotlarni faol yig‘uvchi va uni o‘rganuvchi bolalarning miyasi ona tilini saqlaydi va hattoki undan foydalanmasa ham uni keyingi hayoti davomida o‘chirmaydi, degan xulosaga kelishdi.

Olimlar shunday tajribalarni boshqa tillarda so‘zlashuvchi bolalarda ham o‘tkazishmoqchi.

Top