Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi
2015 yilning 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kuvaytning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyranni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari hamda BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi bo‘lajak raisligining amaliy jihatlari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.