19:53 / 05.12.2015
4912

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi

2015 yil 4 dekabr kuni davom ettirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida Senat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Senat qaroriga muvofiq, Uzak Bazarov va Genjyemurat Pirjanov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari etib tayinlandi.

Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kirishi belgilab qo‘yildi.

Top