19:57 / 05.12.2015
6825

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi

2015 yil 4 dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida Senat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Fayzulla Abdullayevich Abduazimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Atabek Napasovich Matkarimov va Sadriddin Bavabekovich Eshankulov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari etib tayinlandi.

Ra'no Norboyevna Kamalova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi vazifasidan ozod qilindi.

Top