5 dekabr kuni O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida avstraliyalik jurnalist Lyudovik Petto tomonidan master-klass o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar vaqtida jurnalist eko-jurnalistika mahorati haqida talabalarga qimmatli tavsiyalarini berib o‘tdi.
Jumladan, iqlim isishi, jonivorlarning haddan ortiq ovlanishi, Orol dengizi muammolari bo‘yicha fikr-mulohazalarini yuritib, ularni bartaraf etish yuzasidan jurnalistik nuqtai nazarini bildirdi.
Master-klas so‘ngida talabalarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Mirjahon Yusupov, O‘zDJTU talabasi