11:33 / 05.12.2015
2422

"PSJ" Kavanini "MYu"ga 44,4 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘ldi

"PSJ" jamoasi Edinson Kavani bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. L'Equipe xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" ushbu futbolchini transfer qilmoqchi.

Parijliklar 28 yoshli urugvaylik futbolchi bilan 44,4 million yevro evaziga shartnomani bekor qilishi mumkinligini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Kavanining "PSJ" bilan 2018 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan shartnoma mavjud.

Kavani o‘z faoliyatini "Danubio" jamoasida boshlagan, Yevropaga kelgach, "Palermo" jamoasida o‘zini ko‘rsatgan va ko‘p o‘tmasdan "Napoli" jamoasiga o‘tgandi. U Italiyadan Fransiyaga 2013 yilning yozida ko‘chib o‘tdi. Kavani terma jamoa bilan Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan.

Top