Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Davlat dumasi Rossiya sudiga xalqaro sud instansiyalarini rad etishga ruxsat berdi
Rossiya Davlat dumasi Rossiya konstitutsion sudi qarorlarining xalqaro sud instansiyalari chiqargan qarorlardan ustuvorligi bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi. Qonun loyihasiga 436 nafar deputat ovoz berdi, 3 nafari qarshi chiqdi.
Qonun loyihasi Federatsiya kengashidan o‘tgandan keyin va prezident tomonidan imzolangandan keyin Rossiya konstitutsion sudi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi kabi xalqaro sudlar chiqargan qarorlarni rad eta oladi.
2014 yil 31 iyulda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyaga YuKOS kompaniyasining sobiq aksiyadorlariga 1,86 mlrd yevro tovon puli va sud xarajatlari sifatida yana 300 ming yevro to‘lash majburiyatini qo‘ydi. Rossiya Adliya vazirligida Moskva bu qarorni bajarishdan bosh tortishi aytilgandi.