Jahon | 00:11 / 05.12.2015
6152
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi: Harbiy-koinot kuchlari bir hafta ichida Suriyada 12 ta yonilg‘i haydash stansiyasini yo‘q qildi

Rossiyaning harbiy-koinot kuchlari Suriyada bir haftada ekstremistlarga tegishli 12 ta yonilg‘i haydash stansiyasi, 8 ta neft koni va neft-gaz majmuasi hamda 170 dan ko‘proq benzovozni yo‘q qildi. Bu haqda 4 dekabrda Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov ma'lum qildi.

Rossiya harbiy aviatsiyasi bir hafta ichida “Humaymim” aviabazasidan 431 ta jangovor parvoz amalga oshirib, terrorchilarning deyarli 1,5 mingta obektiga hujum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish