Sport | 07:47 / 05.12.2015
1966
3 daqiqa o‘qiladi

Shayx Salmon: umid qilamanki, yaqin orada Platinining FIFA saylovlarida ishtiroki bo‘yicha oydinlik kiritiladi

Osiyo ftubol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti va FIFA prezidenti lavozimiga nomzod shayx Salmon ibn Ibrohim al-Xalifa UYeFA prezidenti Mishel Platinining FIFA prezidenti saylovlarida ishtiroki bo‘yicha vaziyatga iloji boricha tez orada oydinlik kiritilishiga umid bildirmoqda. Bu haqda shayx Salmon TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qildi.  

FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi 8 oktabrda Blatter va Platinini korrupsiyada gumon qilib, o‘zlari egallab turgan lavozimlar va futbol bilan bog‘liq istalgan faoliyatdan 90 kunga chetlatgandi.

FIFA ijroiya qo‘mitasi 20 oktabrda Platinining FIFA prezidenti saylovlarida ishtirok etish arizasini undan barcha sanksiyalar olinmaguncha ko‘rib chiqmaslik haqida qaror qabul qilgandi. 18 noyabrda FIFAning apellyatsiya qo‘mitasi Blatter va Platinining ushbu holat yuzasidan apellyatsiyalarini rad etgan bo‘lsada, Platini Sport hakamlik sudi orqali futbol faoliyatiga taqiqlovning bekor qilinishiga erishishga urinmoqda.

Avvalroq shayx Salmon agar Platinidan taqiqlov olinsa, u ehtimol saylovlarda ishtirok etishga qiziqish bildirmasligini aytgan edi.

“Menga Platini bilan bog‘liq vaziyatga izoh berish mushkul. Tergov ketmoqda va men uning detellaridan xabardor emasman. Men faqatgina bu voqea tez orada hal bo‘ladi deb umid bildiraman. Agar Platini saylvlarda ishtirok etsa, unda biz vaziyatni baholay olamiz. Bu ikki haftadan keyin yoki bir oydan keyin ham yuz berishi mumkin. Shuning uchun ko‘p martalab “agar” so‘zini ishlatib, mulohaza yuritishni istamasdim. Shuni ayta olishim mumkinki, biz eng bosiq qarorni qabul qilamiz”, deb aytdi shayx Salmon.

Shayx Salmon unga saylovlarda kim asosiy raqobatchi bo‘lishi haqida gapirishni istamadi. “Men e'tiborimni o‘zimning saylov kampaniyamga qaratganman va boshqa nomzodlarga qaramayman. Men kampaniyam toza bo‘lishini va u to‘g‘risidagina fikr yuritishni istardim”, deb aytdi OFK prezidenti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish