Jahon | 19:03 / 05.12.2015
7017
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi: AQSh Suriyadagi vaziyatning chigallashishi uchun javobgar

Suriyadagi vaziyatning murakkablashishi “to‘liqligicha AQShning aybi bilan yuz berdi”, deb xabar berdi 5 dekabrda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi vakili.

Uning aytishicha, “Suriya hukumati iltimosi bilan aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyotining turk HHK tomonidan urib tushirilishi terrorchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning faollashuviga yo‘l bermaslikka urinayotgan AQSh strategiyasining mahsuli bo‘ldi”. Shimoliy Koreya TIVda bu strategiyaning mohiyati “Yaqin Sharqdagi elatlararo va diniy qarama-qarshilikka ko‘mak berish va bu mintaqani terrorchilik sahnasiga aylantirishga” borib taqaladi, deb hisoblanmoqda.

Vakil Shimoliy Koreya hukumati “avvalgidek istalgan ko‘rinishdagi terrorchilikka, jumladan AQShning o‘zining eng g‘araz siyosiy maqsadlariga nafaqat Yaqin Sharqda, balki butun dunyoda erishish uchun zo‘ravonlikdan foydalanishga urinishlariga qarshi chiqishini” ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish