Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Su-24 voqeasidan beri Turkiya IShIDga zarba yo‘llamadi
24 noyabr kuni Rossiyaning Su-24 samolyoti Suriya hududida Turkiya tomonidan urib tushirilganidan beri turklar IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazmagan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, rasmiy Vashington rasmiy Anqaradan jangarilarga qarshi harakatlarda faollikni kuchaytirishni talab qilgan, ammo Rossiya samolyoti qulashi voqeasi fonida Turkiyaning IShIDga qarshi kurashi avvalgidan ham ko‘ra susaygan.
Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, AQSh Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashishini istamaydi.
Shuningdek, AQSh Turkiyadan Suriya bilan chegaralarida nazoratni kuchaytirishini so‘ragan. Qayd etilishicha, Turkiya va Suriya o‘rtasidagi chegaraning 100-kilometrida vaziyatni jiddiy nazoratga olish zarurati mavjud. Bu hududdan jangarilar noqonuniy savdo aloqalarini amalga oshirishda va yollanma jangarilarini qabul qilishda foydalanishi bo‘yicha gumonlar mavjud.