Jahon | 21:24 / 05.12.2015
4852
1 daqiqa o‘qiladi

Turk porti ma'muriyati Rossiya kemalarining ushlanganini tasdiqlamadi

Turkiya shimolidagi Samsun shahri porti ma'muriyati Rossiya kemalarining ushlanganini tasdiqlamadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda port ma'muriyati vakili ma'lum qildi.

“Ayni paytda birorta ham Rossiya kemasi bizning portda ushlanmagan. Rossiya kemalari bizga tez-tez kirib turadi, ularga bizda ishchi tartibda xizmat ko‘rsatiladi, ushlashlar, hibsga olishlar haqidaku umuman gap bo‘lishi mumkin emas”, deb aytdi port vakili.

Vakilning aytishicha, OAVlarda paydo bo‘lgan Rossiya kemalarining ushlangani haqidagi xabarlar “butunlay uydirma”dir.

Avvalroq bir qator turk OAVlari Samsun portida Rossiyaning 4 ta kemasi ushlangani haqida xabar berishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish