Jahon | 16:47 / 06.12.2015
11419
1 daqiqa o‘qiladi

Asad Britaniyaning Suriyadagi havo zarbalari befoyda bo‘layotganini aytdi

Suriya prezidenti Bashar Asad Buyuk Britaniya Harbiy havo kuchlari tomonidan IShIDga qarshi yo‘llanayotgan havo zarbalari samarasiz bo‘layotgani haqida aytdi. Uning fikricha, bunday havo amaliyotlari quruqlikdagi qo‘shin bilan hamkorlikda olib borilmasa, butkul befoyda bo‘ladi. Bu haqda u Buyuk Britaniyaning Sunday Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning aytishicha, britaniyaliklarning harakati saratonga chalingan bemordan o‘simtaning bir qismini yulib olishga o‘xshaydi.

"Saraton o‘simtasining bir qismigina olib tashlanishi, uning yanada tezroq kengayishiga sabab bo‘ladi", degan u.

5 dekabr kuni Buyuk Britaniya samolyotlari Suriyada navbatdagi havo zarbalarini amalga oshirishni boshladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish