10:11 / 06.12.2015
3509

Bag‘dod Turkiya elchisiga Iroq shimoliga turk harbiylari kirib borishi yuzasidan norozilik bildirdi

Iroq tashqi ishlar vaziri Turkiya elchisini chaqirib unga mamlakat shimoliga turk harbiylarining kirib borishi yuzasidan rasmiy norozilik bildirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Vazirlik ma'lumotida keltirilishicha, turk harbiylari Iroq hududiga hech qanday roziliksiz kirib kelishgan.
Rasmiy Bag‘dod bu harakatni “dushmanlik ishi” deb baholashini ma'lum qilgan.

Top