Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad: Rossiya harbiy operatsiyalarni Suriya batamom yo‘q bo‘lib ketishi arafasida boshladi
Rossiya Suriyada olib borayotgan harbiy operatsiyalari bilan nafaqat Yaqin Sharqni, balki Yevropani ham terrorizmdan himoya etmoqda, deb ta'kidladi Suriya prezidenti Bashar Asad. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva tomonidan olib borilgan harbiy operatsiyalar sabab Suriyadagi jangarilar harakati susaydi.
U bu haqda Britaniyaning The Sunday Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Ular (ruslar) Suriya, Iroq va hatto Yevropani himoya etishni istaydi. Ular hozir ham Yevropani himoya etishyapti deb bemalol ayta olaman”, — deb ta'kidlagan Asad.
Suriya prezidenti faqatgina Suriyaning talabi bilan mamlakatda Rossiya tomonidan harbiy operatsiyalar olib borilayotganiga e'tiborni tortdi. “Men aynan shuni so‘radim. Men prezident Putinga bu borada maktub yo‘lladim”, — deb esga oldi u.
Asad, shuningdek, Rossiya harbiy operatsiyalarni Suriya batamom yo‘q bo‘lib ketishi arafasida boshlaganini yodga soldi.
Prezident Buyuk Britaniyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalari borasida ham o‘z fikrini bayon qildi. Uning fikricha Buyuk Britaniya qo‘shinlari terrorizmni yengish uchun mamlakat harbiylari bilan yakdil harakat olib borishi lozim.