11:02 / 06.12.2015
2331

Buskets: Suares va Levandovski dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchilari bo‘lib turibdi

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Serji Buskets “Valensiya”ga (1:1) qarshi Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan gaplashdi va jamoadoshi Luis Suaresning o‘yiniga baho berib o‘tdi.

“Biz olg‘a yurishda davom etishimiz kerak. Bizda golli vaziyatlar bo‘ldi. bu vaziyatlardan unumli foydalanib, natijani ertaroq hal qilishimiz kerak edi. O‘ylaymanki, jamoa bugun yaxshi o‘ynadi.

Suares biz uchun muhim futbolchi. U juda mehnatkash futbolchi. Mening fikrimcha, u ayni vaqtda Levandovski bilan birgalikda dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi bo‘lib turibdi“, deydi Buskets.

Eslatib o‘tamiz, urugvaylik futbolchi "Valensiya"ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarning yagona goliga mualliflik qildi. Bu uning ketma-ket 8ta o‘yinda gol urishi bo‘ldi. Joriy mavsumda Suares La Liga uchrashuvlarida jami 13ta gol urgan.

Top