Jahon | 21:54 / 06.12.2015
3044
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya va Fransiya terrorizmga qarshi kurash masalasida ma'lumot almashadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan telefon orqali olib borgan suhbatida terrorizmga qarshi kurash doirasida ikki tomonlama ma'lumotlar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalasida kelishib oldi. Bu haqda Buyuk Britaniya yuqori hokimiyati rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Kemeron va Olland o‘rtasidagi suhbat 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan.
Ma'lumotda qayd etilishicha, Fransiya prezidenti bosh vazirni Britaniya qurolli qo‘shinlarining IShIDga qarshi harbiy operatsiya boshlagani bilan tabriklagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish