Tabiat turli ğaroyibotlarga boy. Taqdim etilayotgan maqolada özining şoşilmasligi bilan ajralib turuvçi jonzotlar haqida qiziqarli ma'lumotlar beriladi.

Tabiat taşqi muhitning beşafqat şaroitlarida jon saqlaş uçun fauna vakillarini qator imkoniyatlar bilan siylagan. Ulardan eng universali harakat hisoblanadi. Harakatdan ovqat topiş, öljani quviş va yaxşi hayot şaroitlarida yaşaş maqsadida migratsiya qilişda foydalaniladi. Harakat tomonidan amalga oşiriladigan asosiy vazifa xavfdan qoçiş hisoblanadi. Ba'zi hayvonlar uçun bu istalmagan töqnaşuvdan qoçişdagi yagona himoya usulidir.

Arizona zaharli tiş

Tabiatdagi ba'zi biologik turlar yaxşi reaksiya, tez harakatlaniş kabi qobiliyatlardan bebahra qolişgan. Ular zaharli suyuqlik, rangni özgartiriş va boşqa tusga kiriş kabi usullar bilan özlarini himoya qilişadi. Uşbu jonzotlar hayotlarini şoşmasdan davom ettiradilar. Ular orasida eng sekin yuriş böyiça rekordçilar bor, toşbaqa heç qayerga şoşilmaydigan fauna vakillari orasida yagona emas.

Arizona zaharli tişining pastki jağida sölak bezlari bilan zahar ajratiladi. U himoya quroli bölib xizmat qiladi. Öljasiga zaharni faqat çaynayotgan paytda yetkazişi mumkin, çunki unda zaharni tezkor holatda yetkazuvçi muşaklar mavjud emas.

Koala

Kelib çiqişi Avstraliyadan bölgan uşbu ötxör hayvon butun umri davomida evkalipt daraxtida ötirib uning barglari bilan oziqlanadi. Barglar juda dağal va zaharli bölib, koala ularni juda sekin yeydi va hazm qiladi. Doimo bunday kam ovqatli parhezni saqlaganligi tufayli öz quvvatini tejaş maqsadida sutkaning köp qismini uxlaş bilan ötkazadi, harakatlangan taqdirda ham uning tezligi soniyasiga 447 millimetrni taşkil qiladi.

Amerika örmon loyxöragi

Quş patlarining rangi unga örmondagi butalar bilan bir xil tusga kira oliş imkonini beradi. Ratsionining asosiy qismini umurtqasiz yomğir çuvalçanglari taşkil etadi. Ularni tutiş uçun esa soniyasiga 222 santimetr tezlikda harakatlanişning özi yetarli.