15:47 / 06.12.2015
5850

FQB Faruqning qo‘shnilari uyini tintuv qildi

3 dekabr kuni Kaliforniyada ommaviy qotilliklarni amalga oshirgan "San-Bernardino mergani" Sayd Rizvon Faruq yashagan Riversayd shahridagi ko‘chasi uylari 5 dekabr kuni kechasi Federal qidiruv byurosi xodimlari tomonidan tintuv qilingan.

FQB matbuot xizmati vakili Lora Aymillerning ma'lum qilishicha, Faruq bilan yaxshi aloqada bo‘lgan qo‘shnilar so‘roq qilingan. Aymiller jarayon bo‘yicha keyinroq batafsil ma'lumot berilishini aytgan.

3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgandi. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 21 kishi yaralangan.

5 dekabr kuni FQB direktori Jyeyms Komi bu otishmani uyushtirgan shaxslarning terrorchi tashkilotlarga aloqadorligi bo‘yicha aniq ma'lumolar yo‘qligini aytgan va ular buyruq bo‘yicha emas, o‘z xohishlari bilan shu ishni amalga oshirgan bo‘lishi ehtimoli yuqoriligini aytgan.

Shu kuni IShID Sayd Rizvon Faruq va uning rafiqasi Tashfin Malikni o‘z izdoshlari sifatida ma'lum qilgandi.

Bugun Obama AQShdagi xavfsizlik yuzasidan millatga murojaat qiladi.

Undan oldinroq, Obama teraktlar amerikaliklarni qo‘rqita olmasligini aytgandi.

Top