22:23 / 06.12.2015
9231

Fyuri jahon chempioni unvonidan voz kechishga tayyor

Tayson Fyurening promouteri Mik Xennessining ma'lum qilishicha, bokschi ukrainalik bokschi Vyacheslav Glazkov bilan jang olib bormaslik maqsadida og‘ir vazn toifasida IBF chempionlik kamaridan voz kechishi mumkin.

Fyuri IBF kamarini Vladimir Klichkodan yutib olgandi.

“Birinchidan menga IBF dan maktub kelganini aytishdi. Unda 30 kun ichida jang tashkillashtirilishi kerakligi yozilgan edi. Ertasi kuni esa bu haqida hech qanday gap-so‘z yo‘qligini aytishdi.

Agar ular bizni Glazkov bilan bo‘ladigan jang bilan qo‘rqitishmoqchi bo‘lsa, unda Tayson kamarini axlat chelagiga tashlab yuboradi.

Glazkov bilan jang bo‘lmaydi. U biz uchun nol ahamiyatga ega. IBF bu ishni Tayson bilan maslahatlashmay qilmoqchi, ammo u o‘zining ustidan kulishlariga yo‘q qo‘ymaydi”, — dedi Xennesi.

Top