Jahon | 19:22 / 06.12.2015
2566
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya politsiyasi O‘rta Yer dengizida 13 tonna gashish ortilgan kemani ushladi

O‘rta Yer dengizida bir nechta davlat huquq-tartibot muassasalari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida bortida 13 tonna gashish giyohvand moddasi bo‘lgan kema ushlandi, deb xabar bermoqda La Vanguardia nashri.

Ta'kidlanishicha, operatsiya bir necha oy avval ispan politsiyasi tashabbusi bilan boshlangan, biroq qidiruvda Ispaniya, Italiya, Turkiya va Gretsiya huquq-tartibot muassasalari xodimlari ishtirok etdilar.

Kema Sitsiliya orollaridan biri Pantelleriya yaqinida ushlandi, kemadagi 11 kishi hibsga olindi. Ulardan 10 nafari Ukraina fuqarosi va bir nafari Gruziya fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Ispaniya ichki ishlar vaziri Xorxe Fernandes Dias Yevropa davlatlari huquq-tartibot muassasalari hamkorligiga yuqori baho berdi va Ispaniya politsiyasi oxirgi 10 yil ichida Yevropa Ittifoqiga keltirilgan 40 foiz kokain va 75 foiz gashishni ushlaganini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish