Jahon | 21:43 / 06.12.2015
5487
1 daqiqa o‘qiladi

Kemeron va Obama Rossiya va Eronni Suriyadagi ixtilofni hal qilishga jalb qilish muhimligini ta'kidlashdi

Suriyadagi ixtilof Rossiya va Eron kabi davlatlarni jalb qilgan holda hal qilinishi kerak. 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida AQSh prezidenti Barak Obama va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda 6 dekabrda Buyuk Britaniya hukumati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Avvalroq Oq uy matbuot xizmati ma'lum qilganidek, Obama va Kemeron telefon orqali suhbatda IShIDga qarshi kurashuvchi koalitsiyaga barcha davlatlar agar ularning Suriyadagi maqsadlari koalitsiyaniki bilan bir xil bo‘lsa qo‘shilishlari mumkinligiga rozi bo‘lishgandi.

Xususan, Obama Buyuk Britaniya parlamentining mamlakat harbiy-havo kuchlariga Suriyada IShIDga qarshi zarbalar amalga oshirish huquqini beruvchi qaroriga ijobiy munosabat bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish