Jahon | 09:04 / 06.12.2015
6437
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri: AQSh Rossiya va Eron tomonidan Suriyada hukumat topshirilishiga qarshilik ko‘rsatilsa “keskin choralar” ko‘radi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya va Eron Suriyada hukumat topshirilishiga qarshilik ko‘rsatsa va Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlasa “keskin choralar” ko‘rishga va'da berdi. Kerri bu haqda Vashingtondagi anjumanda aytib o‘tdi.

“Agar Rossiya va Eron to‘siq bo‘lib tursa va Asadga jarayonni muvaffaqiyatsizlikka duchor qilishga imkon bersa, unda biz kim o‘zidan muammo tug‘dirishini anglab olamiz. U holda bizda harakatlar uchun kamroq variantlar bo‘ladi va biz qandaydir keskin choralar ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi”, deb aytdi Kerri.

Kerrining ta'kidlashicha, AQSh voqealarning bunday tus olishini o‘ziga ijozat berolmaydi. Davlat kotibining aytishicha, “bu AQSh va Yevropaning barcha davlatlari xavfsizligiga tahdid soladi”.   

Avvalroq Kerri Suriyadagi urushni hokimiyat tepasida Bashar Asad turguncha to‘xtatishning iloji yo‘qligini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish