Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyot Kaliforniyadagi aeroportga qo‘nish paytida kiyikni urib yubordi
Alaska Airlines kompaniyasining samolyoti Kaliforniya aeroportiga qo‘nish vaqtida kiyikni urib yubordi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Aviakompaniya vakili Bobbi Eganning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qo‘nayotgan vaqtda kiyik uning yo‘lidan chiqib qoladi va natijada havo kemasi uni urib yuboradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Los-Anjyelesga qadar uchib borishi lozim edi. Biroq havo kemasi xavfsizlik tekshiruvi o‘tkazilishi yuzasidan Kaliforniyaga qo‘nishga majbur bo‘ladi. Vakilning ta'kidlashicha, samolyot zarar ko‘rmagan, biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan samolyot shinalari almashtirilgan.