Jahon | 12:47 / 06.12.2015
6184
1 daqiqa o‘qiladi

Smog tufayli Pekindagi maktablarda o‘qish to‘xtatib turiladi

Pekinda smog tufayli o‘rta maktablar o‘quvchilariga uydan chiqmaslikka ruxsat berildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bergan.

Xitoy poytaxti hokimiyati ta'lim komissiyasi qaroriga ko‘ra, 7-9 dekabr kunlarida shaharlardagi maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari bekor qilingan.

Biroz oldinroq, Pekinda smog tufayli xavfning yuqori darajasi ("apelsinrang") e'lon qilingandi.

Bir qator maktablarda masofadan o‘qitish joriy qilinadi.

1 dekabr kuni XXR hukumati vaziyatni murakkablashtirmaslik uchun 2 ming korxonaga faoliyatni to‘xtatishga ko‘rsatma berdi. 2 dekabr kuni ifloslanish darajasi Pekinning ayrim tumanlarida pasaygandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish