Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada 6 dekabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
Venesuelada 6 dekabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Mamlakatning sobiq prezidenti Ugo Chaves kirgan va amaldagi prezident Nikolas Maduro tomonidan boshqariladigan sotsialistlar partiyasi ketma-ket 17 yildan beri parlament saylovlarida yutib keladi. Biroq shunga qaramay, joriy yilda, OAV ma'lumotlari va o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, muxolifat g‘alabaga erishishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, muxolifat partiyasi ko‘proq shaharlarda qo‘llab-quvvatlanadi. Parlamentning hozirgi tarkibida Maduro partiyasi 167 ta o‘rindan 99 tasiga egalik qiladi.