10:41 / 06.12.2015
2323

Xitoy janubida erkak kishi marafon vaqtida vafot etdi

Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilgan marafon vaqtida 33 yoshli erkak kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.

Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, Yao ismli yuguruvchi finishga 400 metr qolganida kutilmaganda yiqilgan. Unga darhol tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Yuguruvchi shifoxonaga qadar o‘z hushiga kelmagan. Shifoxonadagi shifokorlar ham uning hayotini saqlab qola olishmagan.
Yaoning marafonda ilk yugurishi emas. O‘tgan safar u 2 soatu 10 daqiqada marafonni yugurib o‘tgan edi. Shu bois ko‘pchilik bo‘lib o‘tgan voqedan tassufga tushdi.

Top