15:28 / 06.12.2015
8763

Xitoyda 100 nafardan ortiq niqobli kishilar nazorat-o‘tkazuv punktiga hujum uyushtirishdi

Niqob taqqan noma'lum shaxslarning katta guruhi Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘iliston avtonom hududidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirishgan.

CCTV News telekanali xabariga ko‘ra, hujum qilganlar soni 100 nafar atrofida bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 13 kishi ushbu hujum oqibatida tan jarohatlari olgan, bezorilar 10dan ortiq avtomobilni yoqib yuborishgan hamda binolarni buzishgan.

Hodisa sabablari va hujum qiluvchilar haqida batafsil ma'lumotlar yo‘q.

Top