Jahon | 17:17 / 06.12.2015
5344
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda qadimiy maqbaralar va ko‘hna shahar qoldiqlari aniqlandi

Arxeologlar Xitoyning markaziy qismida qadimiy maqbaralar tarmog‘ini aniqlashdi. Bu qabristonlar 2600 yillik tarixga ega ekani aytilmoqda.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, Xenan provinsiyasida topilgan maqbaralarda 200dan ortiq kishi dafn etilgan, shuningdek, hududdan otlar va aravalar uchun mo‘ljallangan 8ta xona topilgan. Qadimiy kichik shahar qoldiqlari orasida o‘nlab o‘choqxonalar bor.

Bu shaharcha maydoni 200 ming kv metr bo‘lib, u Xitoyda miloddan avvalgi asrlarda 200 yildan ortiq vaqt davomida hukmronlik qilgan Xan sulolasi davriga mansubligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish