Jahon | 09:29 / 07.12.2015
8363
1 daqiqa o‘qiladi

“'”: Rossiya aviatsiyasi Suriyada IShIDga qarshi kurashda yangi obektlardan foydalanishni boshladi

Rossiyalik uchuvchilar Suriyada IShID jangarilariga qarshi kurashda yangi obektlardan foydalanishni boshlashdi, deb yozmoqda “Kommersant'” nashri.

Nashrning mudofaa vazirligidagi manbaning ta'kidlashicha, rossiyalik harbiylar Shayrat aerodromidagi punktdan samolyotlarni yoqilg‘i bilan to‘ldirish va o‘q-dorilar yuklash uchun qisqa muddatli to‘xtash aerodromi sifatida foydalanishni boshlashdi.

Manbaning ta'kidlashicha, hozircha bu yerda katta miqdorda kuch va vositalar joylashtirish rejalashtirilmagan. Uning aytishicha, Shayrat va Al-Tayas aerodromlari “aviatexnikani qabul qilish va jo‘natish uchungina ishlatiladi”.

“Zarur bo‘lganda va Suriya bilan kelishilgan holda biz Suriyadagi istalgan infratuzilmadan foydalana olamiz”, deb aytdi o‘z navbatida yuqori lavozimli rossiyalik diplomat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish