Jamiyat | 20:34 / 07.12.2015
4880
4 daqiqa o‘qiladi

“Ayollar maslahat markazlari”da "Huquq va burch" mavzusida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 2-3 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Shayxontohur va Uchtepa tumanlaridagi “Ayollar maslahat markaz”larida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan “Huquq va burch” mavzusida tadbirlar tashkil etildi

Tadbirda Toshkent shahar Adliya boshqarmasining mas'ul xodimi X.Komilxo‘jayeva, Toshkent shahar bosh imom-xatibi A.Tursunov, Toshkent shahar bosh imom-xatibining ayollar masalalari bo‘yicha maslahatchisi K.Tillayeva, Shayxontohur tumani bosh imom-xatibining ayollar masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Sulaymonova ishtirok etdi.

Uchtepa tumanidagi tadbirda esa tuman xotin-qizlar qo‘mitasi xodimi M.Aripova, “Hazrati Umar” jom'ye masjidi imom-xatibi X.Shermatov va Uchtepa tuman bosh imom-xatibining ayollar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Qoraboyeva qatnashgan.

Shuningdek, tadbirda Sergeli, Chilonzor, Yakkasaroy, Olmazor, Uchtepa tumanlari istiqomat qiluvchi 72 nafar ayol ishtirok etdi. Tadbir davomida tuman xotin-qizlar qo‘mitasi xodimi M.Aripova tomonidan “Huquq va burch” mavzuida o‘zbek ayollari haq-huquqlariga doir ma'ruza hamda “Hazrati Imom” jome' masjidi imom-xatibi X.Shermatov Konstitutsiyada ayollarning huquqlari to‘liq kafolatlangani, shuningdek, islom ta'limotida ham xotin-qizlar himoya qilinishi yuzasidan jonli misollar bilan ma'ruzalar qilishdi. Jumladan, O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida ta'kidlanganidek O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi millati, tili, irqi, dini, ijtimoiy kelib chiqishidandan qat'i nazar biror dinga e'tiqod qilishi yoki qilmaslik huquqiga ega ekanligi aytilgan. Har bir fuqaroning haq-huquqlari Konstitutsiyaning va Qonun hujjatlari bilan kafolatlangan.

Shu bilan birga, chiqishlarda Konstitutsiyada diniy huquq va erkinliklarga oid bandlarda dindor kishilarning e'tiqod erkinliklari kafolatlangani ta'kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 1998 yilda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi Qonuni”ga binoan barcha diniy tashkilotlar teng huquqliligi ta'minlangani alohida e'tiborga molik ekani qayd etildi.

Tadbirda tuman bosh imom-xatiblarining ayollar masalalari bo‘yicha maslahatchilari ayollarga tinglangan ma'ruzalar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib, bugungi kunda tinchlik va xotirjamlikka shukronalik keltirish, huquqlarni talab qilayotganda burchlarni ham eslab qo‘yish lozimligi haqida so‘zlab o‘tdi. Ogoh bo‘lish, shukronalik keltirish har bir insonning o‘z oldidagi burchi ekanligi, farzandlarning ertangi kunida jamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lishlari uchun har kim mas'ul va javobgar ekanini ta'kidladi.

Mazkur tadbirlarni kengroq doirada o‘tkazib, suhbat jarayonlariga taniqli diniy ulamolarni, ta'lim sohasidagi tajribali mutaxassislarni ham jalb etish rejalashtirilayotgani aytib o‘tildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘la qonli javob olishdi. So‘zga chiqqan ayollar uchrashuvdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish