Jahon | 11:24 / 07.12.2015
2056
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh San-Bernardinodagi terakt munosabati bilan viza rejimini qayta ko‘rib chiqadi

San-Bernardinodagi terakt munosabati bilan viza rejimini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda mamlakat rahbari Barak Obama millatga murojaat chog‘ida aytib o‘tdi.
“Men Davlat departamentiga va ichki xavfsizlik vazirligiga vizasiz dasturni qayta ko‘rib chiqishni topshirdim.

Aynan shu dastur orqali San-Bernardinodagi terrorchi ayol mamlakatga kirib kelgan edi”, - dedi u. Shunga qaramay, Oq Uy vakili Reuters agentligiga Obamaning adashganini ma'lum qildi – u vizalar berish dasturini qayta ko‘rib chiqishga ko‘rsatma bergan.

Asli pokistonlik Tashfen Malik AQShga Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan edi. U imkoniyatlari cheklangan insonlar markaziga uyushtirilgan qurolli hujum ishtirokchisi bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish