23:42 / 07.12.2015
1876

BMT 2016 yilga 20 mlrd dollar miqdorida insonparvarlik yordami so‘ramoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2016 yilda 87 mln odam uchun 20 mlrd dollar insonparvarlik yordami yig‘ish haqida murojaatni chop etdi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

BMT bosh kotibining insonparvarlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyen “umumiy ahvol murakkab” ekanligini aytdi.

“Albatta, bu katta pullar, biroq siz ularni misol uchun harbiy xarajatlar bilan taqqoslasangiz, unda bu miqdor haqiqat ekanligini anglaysiz”, deb aytdi o‘z navbatida BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Antonio Guterrish.

Top