Jahon | 16:08 / 07.12.2015
3335
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh kotibi jahondagi barcha yadro qurollarini yo‘q etishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Seulda qurolsizlanish va qurol tarqatmaslik masalasida o‘tkazilgan anjumanning ochilish marosimida qilgan videomurojaatida jahondagi barcha yadro qurollarini yo‘q etish zarurligini ta'kidladi.

"Hozir yer yuzidan ushbu qirg‘inbarot qurollarni batamom yo‘qotish choralarini kuchaytirishning ayni dami”, — dedi Pan Gi Mun. Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlovchi eng muhim vazifadir”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish