Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyalik rekordchi darvozabon Rojyerio Seni futbolchilik faoliyatini yakunladi
Braziliyadagi «San-Paulu» klubining rekordchi darvozaboni Rojyerio Seni faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
U dunyo futboli tarixida eng ko‘p gol urgan darvozabon hisoblanadi - 131ta gol.
Uning xayrlashuv uchrashuvi "Goyas" jamoasiga qarshi o‘tkazildi. Jamoa bu o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va turnir jadvalidagi 4-o‘rinni ta'minladi.
42 yoshli ushbu posbon 1992 yildan boshlab butun faoliyatini «San-Paulu» jamoasida o‘tkazdi. U o‘z faoliyati davomida jami 1256ta o‘yinda maydonga tushgan. Shundan 16asi Braziliya terma jamoasi safida. U terma jamoa bilan 2002 yilgi mundialda g‘alaba qozonib, oltin medalni ko‘ksiga taqqan.
Seni Braziliyaning 3 karra chempioni, Libertadores kubogining 3 karra sohibi, shuningdek, jahon chempioni (2002) hisoblanadi.
Seni 2008 yilda Braziliyaning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritgan.
Rojyerio Seni futbol tarixida eng ko‘p gol urgan (131) darvozabon sifatida FIFA tomonidan tan olingan.