08:03 / 07.12.2015
2684

Iroq mudofaa vaziri Turkiya qo‘shinlar olib kirishga ruxsat olmaganini ma'lum qildi

Iroq mudofaa vaziri Xolid al-O‘boydiy turk harbiylari Iroq shimolida operatsiya o‘tkazishga ruxsat olmaganliklari va shu tufayli Iroq hududini tark etishlari kerakligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Al-O‘boydiy bu haqda turkiyalik hamkasbiga ma'lum qildi. 

Al-O‘boydiyning aytishicha, Turkiya qo‘shinlarni olib kirishini Iroqning Mosul shahri yaqinidagi lagerda iroqlik harbiylar bilan mashg‘ulot o‘tkazayotgan turk harbiy maslahatchilarini himoya qilish va xavfsizligini ta'minlash zarurati bilan tushuntirdi. Biroq Al-O‘boydiyning ta'kidlashicha, olib kirilgan turk harbiylarining soni bu maqsadlar uchun juda ko‘plik qiladi. 

Avvalroq Iroq prezidenti Fuad Ma'sum turk hukumatini davlatlar orasida munosabatlarning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Iroqdan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishga chaqirgan edi.

Top