Jahon | 12:50 / 07.12.2015
1869
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada samolyot yonib ketishi tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

Kaliforniya shtatidagi Epl-Velli shahridagi aeroportda katta bo‘lmagan samolyot yonib ketishi tufayli 2 kishi hodisa qurboniga aylandi. Bu haqda NBC telekanali mahalliy hokimiyatdagi manbasiga asoslanib, xabar tarqatgan.

O‘t o‘chiruvchilar bo‘linmasi yong‘inni o‘chirishgan.

Samolyot parvozga chiqish arafasida motori yona boshlagan. Shundan so‘ng portlashlar yuz bergan va yong‘in tezda butun samolyotni qamragan. Natijada bortda bo‘lgan uchuvchilar halok bo‘lgan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, L-39 rusumli harbiy-o‘quv samolyoti yongan.

Bu yong‘indan keyin aeroportdagi reyslar bekor qilingan. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish