Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Kogalimavia" Misrdan A321 halokati uchun tovon puli talab qiladi
Rossiyaning "Kogalimavia” aviakompaniyasi (Metrojet brendi) 31 oktabr kuni Sinay yarim orolida halokatga uchragan Airbus A321 samolyoti uchun Misr hukumatidan tovon puli talab qiladi. Bu haqda "Kogalimavia"ni o‘z ichiga oluvchi TH&C turistik xoldingning xo‘jayini Ismail Lepiyev Forbes jurnaliga ma'lum qildi.
“Mening uchun masalaning nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy tarafi ham muhimdir. Misr Rossiyaning ko‘p sohalardagi hamkoridir, o‘n yillar davomida qurilgan bu munosabatlarni biz hurmat qilamiz va oxirgi imkoniyatgacha sud choralarisiz tovon puli masalasini hal qilishga urinamiz”, - dedi Lepiyev.
Ayni paytda aviatashuvchi Misr tomonidan o‘tkazilgan rasmiy surishtiruv natijalarining oshkor qilinishini kutmoqda.