11:00 / 07.12.2015
3690

«Match TV» telekanali xatolik tufayli ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari parollarini oshkor qildi

6 dekabr kuni «Match TV» telekanalining feysbukdagi sahifasida xatolik tufayli telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga kirish parollari ko‘rsatilgan surat nashr etildi.

VC.ru nashrining yozishicha, bu parollar haqiqiy bo‘lgan va ular tezda almashtirilgan.

Shuningdek, feysbukka chiqarilgan post ham o‘chirib tashlangan.

«Match TV» «Rossiya 2» va «NTV Plyus»ning sport kanallari bazasida 1 noyabr kuni ochilgan bo‘lib, uning bosh prodyuseri Tina Kandelaki hisoblanadi.

Top