Jahon | 18:15 / 07.12.2015
4550
1 daqiqa o‘qiladi

NATO IShID bilan kurashish uchun Suriyaga harbiylar jo‘natmaydi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans qo‘shinlarining IShIDga qarshi kurash uchun Suriyaga yuborilishi qarori muhokama etilmasligini ma'lum qildi.

"AQSh maxsus qo‘shinlari cheklangan miqdorda harakat qilmoqda.

Birinchi galdagi vazifa bu mahalliy kuchlarni himoya etish. Bu oson emas, ammo yagona chora ham shu”, - dedi Stoltenberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi ziddiyatlar G‘arbning islom bilan emas, balki "ekstremizm" va "terrorizm" bilan kurashidir.

"Musulmonlar bu urushning asosiy nishoniga aylanib qolmoqda. IShID bilan kurashda asosiy qurbonlar musulmonlar bo‘lmoqda”, - dedi Stoltenberg.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish