16:30 / 07.12.2015
3713

Peskov: IShIDga qarshi keng koalitsiya yaratishda shartnoma tuzish shart emas

Terrorchi guruhlarga qarshi koalitsiyalar shartnomalar asosida yaratilmaydi, ular kurashning boshqa metodlari ishlamasligi tushinilgan holda tashkil topadi. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda ma'lum qildi.

Dushanba kuni London shahri hokimi Boris Jonson The Telegraph gazetasidagi ruknida sovuq urush mentalitetini unutib, ittifoqchilar tanlashda tanlashni bas qilish zarurligini, faqat shundagina IShIDni yengish mumkinligini ta'kidladi. Jonsonning fikricha, Buyuk Britaniya amalga oshirayotgan bombardimonlarning samaradorligini ta'minlashda aksliterror koalitsiyasini tuzish va unga Rossiyani qo‘shish zarur.

Top